Hindistonning Karnataka shtati Bengaluru shahridagi mehmonxonalardan birida oʻzbekistonlik ayolning jasadi topildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yil 13-mart kuni mazkur shaharning "Jagadish Hotel" mehmonxonasida Oʻzbekiston fuqarosi, 1997-yil Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan Z.J. ismli ayol oʻz xonasida oʻlik holatida topilgan.

Hozir mutasaddi tashkilotlar tomonidan mazkur hodisaning sabablari aniqlanmoqda. Diplomatik missiyasining konsullik boʻlimi ushbu jarayonni oʻz nazoratiga olgan.

Elchixona tomonidan zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish maqsadida marhumaning oila aʼzolari bilan aloqa oʻrnatish choralari koʻrilmoqda.

Oʻzbekistonning Dehlidagi elchixonasi ushbu voqea yuzasidan maʼlumotlarga ega boʻlganlardan dipmissiya konsullik boʻlimiga quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilishini soʻraydi:

Telefon: +91 11 2467 0774/75

El. pochta: in.uzembassy@mfa.uz va info.uzbekembassy@gmail.com

Telegram-bot: @consuluzbindia_bot