Portlash seshanba kuni sodir bo'lgan. Avvalroq 11 kishi halok bo'lgani va 60 ga yaqin odam jarohatlangani haqida xabar berilgan edi. Times of India gazetasining xabar berishicha, portlash tufayli bir necha kishi halok bo'lgan.
“Portlash va undan keyingi yong'in oqibatida 11 kishi halok bo'ldi, yana 174 kishi jarohat oldi”, — deyiladi NDTV telekanali xabarida.
Politsiya zavodning ikki nafar egasini hibsga oldi. Portlash sabablari hozircha aniqlanmagan, deb xabar beradi report.az.