Gʻarbiy bengalliyalik fermer Mintu Roy “Titanik” kemasiga oʻxshash uy qurdi.  Fermerning aytishicha, u bolaligidan choʻkib ketgan laynerga oʻxshagan binoda yashashni orzu qilgan.

Hindistonlik ulgʻaygach, u oʻzining oʻsha orzusini amalga oshirishga qaror qildi. Biroq koʻpchilik muhandislar uning mazkur loyihasi bilan ishlashni xohlamashmadi yoki juda koʻp pul soʻrashdi. Natijada Roy hammasini oʻzi bajarishga qaror qildi.

U qoʻshni Nepalga devor qurishni oʻrganish uchun borgan va keyin qurilishni boshlagan. Loyihaga 180 ming dollarga yaqin mablagʻ sarflangan. Biroq bu yetarli emas edi, mablagʻ yetishmasligi tufayli u 2010-yilda boshlangan uy-kema qurilishini yakunlay olmadi. Shunga qaramay, Roy bir kun kelib katta oilasi bilan Titanikga koʻchib oʻtishiga ishonadi. Qolaversa, voyaga yetgan oʻgʻli unga moliyaviy yordam bermoqchi.

Hindistonlik uy-joydan tashqari, binoning ikkinchi qavatidan oʻz biznesi uchun foydalanmoqchi, u yerda kichik restoran ochmoqchi, deyiladi mir24.tv saytida.