Hindistonning Bixar shtatida qurilishi tugallanmagan ko'prik qulab tushdi

    Hindistonning Bixar shtatida qurilishi tugallanmagan transport ko'prigining 200 metrli qismi suvga qulab tushdi, jabrlanganlar va halok bo'lganlar yo'q.

    Bu ko'prikning bir yil ichida ikkinchi bor qulashi. 2022-yil aprel oyida ko'prikning bir qismi qulab tushgan edi. O'shanda hodisaga ko'prik temir arqonlarining bo'shashib qolgani sabab bo'lgani aytilgan edi, ba'zi mutaxassislar ko'rikning qulab tushishiga sifatsiz qurilish materiallaridan foydalanish sabab bo'lgani aytishgan.

    Uzunligi 3,1 kilometr bo'lgan ko'prik qurilishi 2014-yilda boshlangan va 2019-yilda yakunlanishi kutilayotgan edi. O'shandan beri bu muddat to'rt marta uzaytirildi. Qurilish qiymati 17,1 milliard rupiyga (207 million dollar) baholangan, deb xabar beradi ria.ru.