Xabarlarda yozilishicha, Hindistonning "Dukaan" elektron tijorat startapining bosh direktori Sammit Shah texnik yordam xodimlarining 90 foizini ancha samaraliroq ekanligi isbotlangan chatbot bilan almashtirgan. Sammit Shahning so'zlariga ko'ra, inson operatorlarini almashtirgan chatbot "Dukaan" kompaniya xodimlaridan biri tomonidan ikki kun ichida yaratilgan. Kompaniya rahbarining ta'kidlashicha, chatbot odamlarga qaraganda bir necha barobar samaraliroq.
Agar operator javobni o'rtacha 1 daqiqa 44 soniyada tayyorlasa, dastur bir zumda javob beradi. Sammit Shahning so'zlariga ko'ra, bot mijozlar muammosini hal qilish uchun o'rtacha vaqtni 98 foizga qisqartirgan.