Hindistonning “Travellers World” jurnalida Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi boʻlim boshligʻi Aziz Mirjalilovning mamlakatimiz sayyohlik mahsulotlarining xilma-xilligi, Hindiston bilan bu boradagi samarali hamkorlik haqida soʻz yuritilgan intervyusi chop etildi.
“Maqsadimiz YUNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Samarqand kabi qadimiy shaharlarning noyob merosidan foydalangan holda xorijlik sayyohlarga Oʻzbekistonning madaniy-maʼrifiy va tarixiy boyligini xorijiy mehmonlarga boy mazmunli taassurotlar taqdim etish orqali namoyish etishdan iborat”, - deya qayd etgan Turizm qoʻmitasi mutaxassisi.