2017-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil qilinmoqda.

Shundan, hisobotlarda bugungi kunda ijro qilinganligi koʻrsatilgan 3 710 ta topshiriqlarni bajarilganligini haqqoniyligi, Oliy taʼlim tizimida olib borilgan islohotlarni natijadorligi baholanadi.

Dastlabki oʻrganishlarda 4 ta topshiriqni ijrosi taʼminlanmasdan qolayotganligi maʼlum boʻldi va ushbu topshiriqlarni bajarilishi alohida nazoratga olindi.

Masofaviy nazorat natijasida kuzatilgan shubhali holatlar joyiga chiqib oʻrganilganda, 2 ta Oliy taʼlim muassasida 22,5 mlrd soʻm mablagʻlarni oʻzlashtirilganligi aniqlandi.

Jumladan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida hisoblangan ish haqi va stipendiyalarga nisbatan bankdan ortiqcha olingan 21,0 mlrd soʻm naqd pullar buxgalteriya xodimlari tomonidan qalbaki vedomostlarni tuzish orqali oʻzlashtirilgan.

Xuddi shunday, Jizzax politexnika institutida 1,5 mlrd soʻm mablagʻlar plastik kartochkaga oʻtkazish orqali oʻzlashtirilgan.

Buxgalteriya xizmati masʼullari tushinitirish xatlarida yuqorida koʻrsatilgan mablagʻlarni oʻzlashtirganliklarini koʻrsatib oʻtgan.

Aniqlangan holatlar boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar oʻzlashtirilgan mablagʻlarni oʻz joyiga tiklash va huquqiy baho berish uchun belgilangan tartibda Bosh prokuraturaga yuborildi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligida nazorat tadbiri davom ettirilmoqda, yakuniy maʼlumotlar boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi.