Hisob palatasi raisiga yangi oʻrinbosarlar tayinlanadi

    Allaberganov Atabek Validjanovich va Mirzayev Sardor Alisherovich — Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari etib tayinlanadi.

    Sardor Mirzayev Hisob palatasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Hisob palatasi Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shoʻbasi mudiri boʻlgan.

    Atabek Allaberganov Hisob palatasi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi. U bungacha Kadastr agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.