Hisob palatasiga qanday vakolatlar berilyapti?

    Mamlakatimizda 7 May 2021 1130

    2021-yil 7-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

    Unda xalq vakillari “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda moddama-modda atroflicha koʻrib chiqdilar.

    Qayd etilganidek, qonun loyihasida Hisob palatasining asosiy vazifa, funksiya, huquq va vakolatlarini amalga oshirish hamda sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish nazarda tutilgan.

    Loyiha bilan Hisob palatasiga mamlakatimizning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat boji toʻlamasdan sudga murojaat qilish vakolati berilmoqda. Shuningdek, Hisob palatasi tekshiruvlar oʻtkazish jarayonida unga kerakli hujjatlar, mutaxassislar ajratish majburiyati loyihada oʻz aksini topmoqda.

    Qonun loyihasining qabul qilinishi, byudjet mablagʻlaridan maqsadli, oqilona hamda samarali sarflanishiga xizmat qiladi.

    Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.