Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suvi tarmogʻi tortiladi

    Soʻnggi 8-yilda ajratilgan 1,7 trillion soʻm hisobidan viloyatda markazlashgan suv taʼminoti 32 foizdan 61 foizga chiqdi. Lekin, bu respublikada eng past koʻrsatkich ekani koʻrsatib oʻtildi.

    Viloyatda suv va kanalizatsiyani yaxshilashga bu yil 800 milliard soʻm ajratilgan. Mutasaddilarga buning hisobiga 183 kilometr suv va kanalizatsiya tarmogʻi, 8 ta suv inshooti qurilishini yakunlash topshirildi.

    Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini yaxshilash ishlarini ham shu oyda boshlash shartligi qayd etildi. Bunga xalqaro moliya institutidan 60 million dollar jalb qilingan.

    Qarshi shahrida suv taʼminoti 97 foiz boʻlsada, suv olib boradigan 110 kilometrli magistral quvurning yarmidan koʻpi eskirgan, suv yoʻqotish yuqori.

    “Shu bois, qanchalik qiyin boʻlmasin, Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suvi tarmogʻi tortishimiz kerak”, – dedi Prezident.

    Mutasaddilarga ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.