Yurtdoshlarimiz Jidda shahridan Oʻzbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlariga “Uzbekistan Airways”ning toʻgʻridan-toʻgʻri aviqatnovlari orqali parvoz qilib, qaytib keladi.
Tashish ishlariga “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatidan malakali uchuvchi va bort kuzatuvchilari jalb etilgan. Hojilarimizga havo sahnida turli taom va ichimliklar taqdim etiladi.