Yaqinda yurtimizda yakuniga yetgan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining quvonchli lahzalari hali yodimizdan koʻtarilgani yoʻq. Futbolchilarimiz, garchi ikkinchi oʻrinni olgan boʻlsa-da, ajoyib oʻyin namoyish etib, muxlislarning ham, mutaxassislarning ham eʼtiborini tortdi.

Terma jamomiz safida tup surgan yarim himoyachi Hojimat Erkinov turnir davomida eng yaxshilardan biri ekanligini koʻrsatdi. Shu bois boʻlsa kerak, unga koʻplab xorij jamolaridan qiziqish bildirilmoqda. Sal avvalroq matbuotda Rossiyaning “Spartak” va “Krasnodar” klublari Hojimatni oʻz saflariga qoʻshib olishlari mumkinligi aytilgan edi. Keyin Championat.Asia H. Erkinov Moskvaning “Torpedo”si oʻtayapti degan xabar tarqatdi.

Nazarimizda shu gap rostga oʻxshayapti. Chunki kuni kecha futbolchi oʻzining instagramdagi sahifasida qadrdon jamosi “Paxtakor” bilan xayrlashdi. Demak, uning boshqa jamoaga oʻtishi hal boʻlgan. Lekin qaysi jamoaga ekanligini hozircha sir saqlanmoqda. Bu sir bugun-erta maʼlum boʻlsa, ajabmas. Biz esa futbolchimizning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.