“Paxtakor” yarim himoyachisi Hojimat erkinov faoliyatini Rossiya Prem`er-ligasida davom ettiradi. 

Moskvaning “Torpedo” klubi rasmiy sayti o'zbekistonlik 21 yoshli futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolangani to'g'risida xabar berdi. Transfer summasi haqida ma'lum qilinmagan.  

Sal avvalroq matbuotda Rossiyaning “Spartak” va “Krasnodar” klublari Hojimatni o'z saflariga qo'shib olishlari mumkinligi  aytilgan edi. Keyin Championat.Asia H. erkinov Moskvaning “Torpedo”si o'tayotgani haqida yozdi.