OʻFA Qatar maydonlarida oʻtayotgan U-23 Osiyo kubogida barcha legionerlarimizni terma jamoamizga jalb etishga muvaffaq boʻlingan edi.
Xususan, Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinovning klublari bilan asosiy vazifaga qadar — Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.
Shu sababli, ushbu ikki futbolchi oʻz jamoalari tarkibidagi navbatdagi muhim oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish uchun klublari safiga yoʻl olmoqda.
OʻFA ushbu tarixiy vazifani qayd etishda legionerlarimizning terma jamoamiz ixtiyoriga yetib kelishida koʻmaklashgani uchun “Lans” va “Al-Vahda” klubiga minnatdorchilik bildiradi.
Абдуқодир Ҳусанов ва Ҳожимат Эркиновнинг клублари билан асосий вазифага қадар — Олимпиада йўлланмасини қўлга киритиш бўйича келишувга эришилган эди.