Fargʼona viloyati hokimi So'x tumaniga tashrif buyurgan chogʼi "So'x" TV jurnalistlari va rahbari Farhod Mirsharipov bilan uchrashib, mazkur telekanalning maʼmuriy binosini zamonaviy tarzda taʼmirlab, ularga yangi "Damas" avtomashinasi sovgʼa qilishini vaʼda qilgan edi.
Oradan hech qancha vaqt o'tmay viloyat rahbari vaʼdasining ustidan chiqdi.
"So'x" TV binosi zamonaviy tarzda taʼmirlanib, ijodkorlar uchun "Damas" avtomashinasi sovgʼa qilindi.
Yangi avtomobilni televideniye ijodkorlariga viloyat hokimi o'rinbosari Jamshid Hotamov tantanali tarzda topshirdi.