Hokim yordamchilari tomonidan 2022-yil yanvar-iyun oylarida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

a) aholi bandligini taʼminlash boʻyicha:

band boʻlmagan aholini ish bilan taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish orqali 1,4 mln. nafar fuqarolar daromadli mehnat bilan bandligi taʼminlandi. Xususan, 210 ming nafari doimiy ish joylariga joylashtirildi, 722 ming nafari oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatga olindi, 47 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlikka va 108 ming nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 316 ming nafar fuqarolarga ijara asosida yer ajratildi.

Hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 177 mingta loyihaga jami 4,4 trln. soʻm imtiyozli kredit va 24 mingdan ortiq ishsizlarga 60 mlrd. soʻm subsidiyalar ajratildi, 128 ming nafar aholi kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitildi.

b) tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha:

49,9 mingta yuridik va 46,6 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi, shuningdek 4,2 mingta korxonalarning faoliyati kengaytirildi va kam quvvat bilan ishlayotgan 4,1 mingta korxonalarning quvvatlarini tiklandi. Hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 25 mingdan ortiq “mahallabay” mikroloyihalarning 9,5 mingtasi ishga tushirilib, 47 mingga yaqin ish oʻrinlari yaratildi.

v) tomorqadan samarali foydalanish boʻyicha:

“Bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida 3 051 ta ixtisoslashgan mahallalardagi 632 mingta aholi xonadonidagi 79 ming gektar yer maydonlaridan samarali foydalanish yoʻlga qoʻyildi. Xususan, 1 507 ta mahalladagi 541 ming xonadonda 43,8 ming gektarda sabzavot, 484 ta mahalladagi 151 ming xonadonda 12 ming gektarda kartoshka, 146 ta mahalladagi 55 ming xonadonda 4,6 ming gektarda poliz, 888 ta mahalladagi 237 ming xonadonda 18,0 ming gektarda bogʻdorchilik, 100 ta mahalladagi 20 ming xonadonda 1,2 ming gektarda rezavor (kulupnay, malina va boshqa) ekinlari ekildi.

Shuningdek, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilikka ixtisoslashgan 2,5 mingta mahallalarda 9,1 mingta xonadonga inkubator, 58,5 mingta xonadonga 20-100 tadan jami 3,2 mln. dona xonaki tovuq, 6,3 mingta xonadonga 40,4 mingta asalari uyalari yetkazib berildi.

g) aholi yashash sharoitini yaxshilash boʻyicha:

7,2 ming km taʼmirtalab ichki yoʻllarni shagʻallashtirildi, mahalla hududidan oʻtuvchi magistral yoʻl yoqasidan maktabga qatnovchi 277 km qismida oʻquvchilarga piyodalar yoʻlakchasini barpo etildi. Foydalanishga yaroqsiz holga kelgan 1805 dona transformator, 51,5 ming dona sim yogʻochlar va 31,3 ming dona tungi chiroqlar yangisiga almashtirildi. 17,7 ming km ariqlarni tozalash va 1 365 ta vertikal sugʻorish quduqlarini qurish orqali 24 mingdan ortiq xonadonning tomorqasini sugʻorish uchun suv bilan taʼminlandi.