Hokim yordamchilari Xitoyda amaliyot oʻtaydi

    Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda “Chongqing” xalqaro hamkorlik trening markazi oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

    Unga koʻra, yurtimiz mahallalaridagi 9 ming 400 nafar hokim yordamchilari “Xitoy tajribasi asosida kambagʻallikni qisqartirish” mavzusida ikki hafta mobaynida xitoylik mutaxassislardan onlayn taʼlim oladi.

    Mazkur loyihaning 2-bosqichida 200 nafar hokim yordamchilari shu yilning kuz oylarida Xitoyda ikki haftalik amaliyot oʻtaydi.

    Mazkur amaliyotni oʻtash bilan bogʻliq xarajatlar “Chongqing” xalqaro hamkorlik trening markazi tomonidan qoplab berilishi koʻzda tutilgan.