Hokim yordamchisi federatsiya raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

    Voqea-hodisalar 28 Noyabr 2023 843

    O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan, Hamrayev Jamshid Husenovich federatsiya raisi o‘rinbosari – Ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi. 

    J. Hamrayev 1978-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2000-yil Toshkent arxitektura va qurilish institutini, 2007-yil esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

    Mehnat faoliyati davomida tuman va viloyat hokimliklarida, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tizimlarida ishlagan. Bugungi kungacha hokim yordamchisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan.