Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mansabdor tadbirkordan 3 ming AQSH dollari talab qilgan. U joriy yilda tuman hududida buzilishi kerak boʻlgan savdo doʻkonlari va boshqa manzillar roʻyxatiga tadbirkorga tegishli doʻkonni kiritmaslik, buzilmasligini taʼminlash evaziga pul talab qilgan.

Hozirda bosh mutaxassisga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.