Lekin Buxorodagi 27 ta, Navoiydagi 22 ta loyiha boʻyicha qurilish boshlanmagan. Jizzax, Qashqadaryo, Fargʻona va Toshkent viloyatida ham ishlar rejadan 1-2 oyga kechikayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Yoki 16 ta tumanning har birini jadal rivojlantirishga 70 milliard soʻmdan pul ajratildi.
Birinchi bosqichda 336 milliard soʻm berilgani bilan Chimboy, Asaka, Chortoq tumanlari hokimlari oʻzi bergan loyihani uch oydan beri qayta-qayta oʻzgartirayotgani tanqid qilindi. Sirdaryo, Yakkabogʻ tumanlari va Yangiyoʻl shahrida ham ishlar sustligi koʻrsatib oʻtildi.
Hokimlar natija boʻlmasa, mablagʻ qaytarib olinishi haqida ogohlantirildi.