Hokimlarga meva-sabzavotchilikda mexanizatsiya darajasini oshirish topshirildi

    Yil boshidan qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarishni moliyalashtirishga 1 trillion 115 milliard soʻm yoʻnaltirildi.

    Bu oʻz samarasini berib, korxonalar toʻliq quvvatda ishlashni boshladi. Hududlarga 5 ming 781 ta texnika yetkazib berildi.

    Hokimlarga unumdorlikni oshirish uchun paxta, meva-sabzavotchilikda mexanizatsiya darajasini 50 foizga yetkazish topshirildi.

    Buning uchun yil oxirigacha fermer va dehqonlarni yana 6,5 mingta texnika bilan taʼminlash muhimligi qayd etildi.

    Yigʻilishda komplekslar rahbarlari, vazirlar va hokimlarning hisobotlari va rejalari tinglandi.