Hokimlik xodimi va uning otasi qo'shni xonadonga pichoq bilan bostirib kirdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda hokimlik xodimi ekani aytilgan fuqaro va uning otasi qo'shni xonadonga kirib, to'polon ko'targani, ulardan biri xonadon egasiga pichoq o'qtalib, o'ldirishga uringani aytilgan video tarqaldi.

    Joriy yilning 18 aprel kuni soat 16:40 larda Shahrisabz shahar “Sariosiyo” MFYda yashovchi S.A. o'g'li S.U. bilan qo'shnisi Sh.F.ning yashash uyiga borib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan bir-birini haqoratlab, o'zaro janjallashgan. Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to'plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo'yicha Shahrisabz shahar sudiga yuborilgan. Sud qaroriga asosan zo'ravon ota-o'g'ilga chora ko'rilgan.

    S.A.ga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 183-moddasi, 185-2-moddasi 2-qismi bilan 5 sutka, S.U.ga 183-moddasi, 52-moddasining 2-qismi, 612-moddasi 1-qismi bilan 10 sutka, Sh.F.ga 183-moddasi bilan 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi”, deya xabar bermoqda Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati.