Marca nashri 2022/23 yilgi mavsumning eng yaxshi oʻyinchilari oʻnligini eʼlon qildi. Unga koʻra, “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand eng yaxshi deb topildi.

Kuchli uchlikdan  Lionel Messi (PSJ, “Inter Mayami”) va  Vinisius (“Real”) joy olgan.

Shunindek Kilian Mbappe (PSJ), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”),  Rodri (“Manchester Siti”),  Antuan Grizmann (“Atletiko”), Viktor Osimhen (“Napoli”), Ilkay Gundoʻgʻan (“Manchester Siti”, “Barselona”) va Xvicha Kvarasxeliya (“Napoli”) kuchli oʻnlikka kirgan.