“Honeywell UOP” kompaniyasi neft-gaz sohasida hamkorlikni davom ettiradi

    Xalqaro hamkorlik 12 Iyun 2023 1149

    “Oʻzbekneftgaz” AJ rahbariyati va “Honeywell UOP” kompaniyasi prezidenti Ben Driggs bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Tomonlar “Oʻzbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish maydonlarini raqamlashtirishda “Honeywell UOP” texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarini qoʻllash borasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

    Taʼkidlash joizki, AQSHning “Honeywell UOP” kompaniyasi Oʻzbekiston bozorida 20 yildan ziyod vaqtdan buyon faoliyat olib boradi. Kompaniya bilan texnologik uskunalarning litsenziri va pudratchisi sifatida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi, Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi, Ustyurt gaz kimyo majmuasi, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, “Asia Trans Gas” MCHJ QK, “Uzbekistan GTL” zavodi kabi korxonalarda 20 dan ortiq qoʻshma loyihalar amalga oshirildi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning kelgusidagi qadamlari belgilab olindi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.