Argentina oʻz maydonida Chili bilan durang oʻynadi. Matchning 24 daqiqasida Messi penaltidan gol urib jamoasini oldinga olib chiqqan edi. 36 daqiqada esa Sanches javob toʻpini kiritdi – 1:1.

Urugvay va Paragvay oʻrtasidagi bahsda hisob ochilmadi.

Kolumbiya safarda Peruga javobsiz 3ta gol urdi. Mehmonlar gollariga Mina (40), Uribe (49), Dias (55) mualliflik qildi.

Boliviya oʻz maydonida Venesuelani 3:1 hisobida yengdi. Mezbonlar oʻyinchisi Morena 5 daqiqada hisobni ochgan boʻlsa, 26 daqiqada Chpnselyor raqib darvozabonini dogʻda qoldirdi – 1:1. 60 daqiqada Baranxo mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 83 daqiqada esa Moreno raqiblar darvozasiga ikkinchi toʻpini kiritdi.

Jahon chempionati final oʻyinlariga Janubiy Amerika qitʼasiga 4,5 ta oʻrin ajratilgan. Hozircha 4 oʻyindan soʻng Braziliya 12 ta ochko yigʻib, yaqqol peshqadam boʻlib turibdi. 5 oʻyindan soʻng 11 ochko jamgʻargan Argentina ikkinchi oʻrinda bormoqda. Ekvadorda 4 oʻyindan soʻng 9 ta, Paragvayda esa 5 oʻyindan soʻng 7 ta ochko bor.

Bugun beshinchi turning navbatdagi oʻyinida Braziliya Ekvadorni qabul qiladi.