Hozircha medallar soni bo'yicha norasmiy jamoaviy musobaqalarda  SHvetsiya sportchilari oldinda bormoqda. Ular hisobida uchta oltin medal` bor. Ikkinchi o'rinni rossiyaliklar egallab turibdi. Ularning medallari soni  7 ta bo'lsa-da, oltin medali ikkita. Shuningdek, rossiyaliklar 3 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ham ega chiqishgan.  Uchinchi o'rinda borayotgan niderlandiyaliklarda ikkita oltin, ikkita kumush, bitta bronza medal` bor.

Xitoy, Germaniya, Norvegiya, Sloveniya, Italiya sportchilari keyingi o'rinlarni band etib turishibdi.