Pensiya jamgʻarmasi tizimida hisobga olingan pensiya oluvchilarning 2016-yil 1-yanvar holatiga respublika boʻyicha bir oylik oʻrtacha pensiya miqdori 421 629 soʻm boʻlgan boʻlsa, 2021-yil sentyabr oyida 924 780 soʻmga yetdi yoki oʻtgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga asosan pensiyalar miqdori 2,2 baravarga oshirildi.
Shundan, 2021-yil sentyabr oyida bir oylik oʻrtacha pensiya miqdori Toshkent shahrida 1 250 992 soʻmga, Navoiy viloyatida 1 176 323 soʻmga, Toshkent viloyatda 1 012 617 soʻmga, Buxoro viloyatida 941 411 soʻmga, Sirdaryo viloyatida 936 392 soʻmga, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 918 930 soʻmga, Samarqand viloyatida 902 172 soʻmga, Qashqadaryo viloyatida 876 728 soʻmga, Xorazm viloyatida 870 800 soʻmga, Surxondaryo viloyatida 850 685 soʻmga, Jizzax viloyatida 848 930 soʻmga, Fargʻona viloyatida 836 856 soʻmga, Namangan viloyatida 802 125 soʻmga va Andijon viloyatida 801 640 soʻmga yetdi.
2021-yil 1 oktabr holatiga respublika boʻyicha pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 548 093 nafarni tashkil qilib umumiy aholi sonidagi ulushi 10,2 foizni tashkil qilgan holda 1991-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 1 389 098 nafarga yoki 64,3%ga koʻpaygan.
Shundan, pensiya oluvchilarning umumiy soni Fargʻona viloyatida 462 204 nafarni, Samarqand viloyatida 424 501 nafarni, Andijon viloyatida 374 219 nafarni, Toshkent viloyatda 370 149 nafarni, Toshkent shahrida 354 577 nafarni, Qashqadaryo viloyatida 354 344 nafarni, Namangan viloyatida 315 113 nafarni, Surxondaryo viloyatida 275 980 nafarni, Buxoro viloyatida 241 975 nafarni, Xorazm viloyatida 219 107 nafarni, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 217 127 nafarni, Jizzax viloyatida 138 559 nafarni, Navoiy viloyatida 131 965 nafarni va Sirdaryo viloyatida 103 140 nafarni tashkil qildi.
Manba: Pensiya jamgʻarmasi