D.Jumaniyozova 1985-yilda Xorazm viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy: OʻzDJTU, Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasida katta muharrir, “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.
Lavozimga tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.