“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

    Energetika 12 Iyun 2023 2895

    Ayni kungacha Mirobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Poʻlatov Shuhrat Abdujabborovich “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

    Bugun, 12-iyunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda elektr energetika tizimini yanada isloh qilish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

    Majlisda sohadagi mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, isteʼmolchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishda elektr tarmoqlarini raqamlashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi hamda bu borada zarur choralar koʻrish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

    “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining Elektr tarmoqlaridan foydalanish boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga Izbosarov Agzam Faxriddinovich tayinlandi.

    Tayinlovga qadar A. Izbosarov Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi Aloqa boshqarmasi boshligʻi lavozimida ish olib borgan.

    Ayni kungacha Mirobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Poʻlatov Shuhrat Abdujabborovich “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

    Kengaytirilgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov ishtirok etdi.