Shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni zamonaviy texnika va transport vositalari bilan ta’minlash ishlari izchil davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Nukus shahrida «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston hududiy filiali uchun xarid qilingan xizmat avtotransport vositalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir davomida hududiy filial tasarrufidagi shahar va tuman elektr ta’minoti bo‘limlari uchun yuk-yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan 30 ta zamonaviy «Changan» elektromobillar topshirildi.

Mazkur transport vositalari elektr tarmoqlarida profilaktik nazorat ishlarini olib borish, avariya holatlariga tezkor yetib borish hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, deb xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengeshining joqargikenes ijtimoiy tarmog‘ida.