Hududlararo forumda 70 million dollarlik kelishuv shartnomalari imzolandi

    Biznes 24 Yanvar 2024 641

    Xitoyning Urumchi shahrida Oʻzbekiston -Xitoy birinchi hududlararo biznes- forumi hamda “Made In Uzbekistan” milliy koʻrgazmasi tashkil etildi.

    Ushbu ikki tadbirda Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi hamda unga aʼzo korxonalar vakillari ishtirok etib, Xitoy kompaniyalari va investorlari bilan samarali muloqot va muzokaralar oʻtkazdi.

    “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi Xitoyning charm-poyabzal sohasida faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalari bilan hamkorlik yoʻnalishlarida muzokaralar olib bordi. Muzokaralar davomida Xitoy kompaniyalariga yurtimizda davlat tomonidan investorlar uchun berilgan imkoniyatlar, sohaning bugungi kundagi holati, eksport geografiyasi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifat koʻrsatkichlari yuzasidan taqdimot oʻtkazildi.

    Xususan, Xitoyning “Wenzhou Jinsheng Trading Co.,Ltd» va “Veng Yubiao” kabi kompaniyalar bilan yurtimizda chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etish maqsadida qoramol terisini chuqur qayta ishlash va yengil turdagi poyabzal (tapochka) uchun xomashyo ishlab chiqarish tashkil etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.

    Shuningdek, “Made In Uzbekistan” koʻrgazmasiga tashrif buyurgan xitoylik kompaniyalarga mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan charm-poyabzal va jelatin mahsulotlari namoyish etildi. Jumladan, Xitoyning “Yangling Guohe Cross-border E Commerce Co., Ltd” va “Zaozhuang Tong You Trading Co.,Ltd» kabi kompaniyalar tomonidan mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan charm mahsulotlarini sotib olish takliflari bildirildi.

    Xitoyning “Pus” kompaniyasi ijrochi direktori Lanse Liyu bilan oʻtkazilgan muzokaralarda ushbu xorijiy kompaniya tomonidan yurtimizda jelatin mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha 10 million dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirish taklifi bildirildi. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻladigan yer maydonini aniqlash maqsadida, joriy yil mart oyida Oʻzbekistonga tashrif buyurishga kelishib olindi.

    Bundan tashqari, Xitoyning “Wuxi Hanlin Industrial Technology Co., Ltd.” kompaniyasi bilan yurtimizda ishlab chiqarish jarayonlari xususan, poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishda zarur boʻlgan kley mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.

    Shuningdek, eksportyoʻnalishidahamkoʻplabxorijiykompaniyalarbilanuchrashuvlaroʻtkazilib, mahalliykorxonalartomonidanishlabchiqarilayotganmahsulotlarnamoyishetildi. Jumladan, Xitoyning “ShenzhenJuhezhenSupplyChain” va “ShenzhenShunliyuanImportandExport” kabikompaniyalartomonidan “NafisCharm”, “BarakaLeather” va “HamkorNurSavdo” mahalliykorxonalaridaishlabchiqarilayotgancharmmahsulotlarinisotibolishtakliflaribildirildi.

    Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan “Top Quality Brend” korxonasi va Xitoyning “Power Uhuru Share Ltd” kompaniyasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralarda mamlakatimizda jelatin xom ashyosini ishlab chiqarish boʻyicha fikr almashildi. Xalqaro standartlar asosida barpo etiladigan loyiha 2024-2025-yillarda amalga oshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 20 million dollarni tashkil etadi. Muzokaralar yakuni bilan tomonlar kelishuv shartnomasini imzoladi.

    Muzokaralar soʻnggida, Xitoy kompaniyalar bilan umumiy qiymati 70 million dollarlik savdo-investitsiya shartnomalari imzolandi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.