Hududlarda 1 ming 156 ta “drayver” loyiha tanlab olinib, tasdiqlandi. Bu loyihalar infratuzilmasiga 1 trillion soʻm beriladigan boʻldi.

Buning hisobiga tadbirkorlar bilan birgalikda joriy yilda 72 ta sohil boʻyi dam olish maskanlarini ishga tushirish, 62 ta istirohat bogʻlarini zamonaviy qiyofaga keltirish, 154 ta tunu-kun ishlaydigan turizm va gastronomik koʻchalarni tashkil qilish, 364 ta yoʻl boʻyi va boshqa servis obyektlarini barpo qilish rejalashtirilgan.

Magistral va mahalla ichki yoʻllariga katta eʼtibor berilmoqda. Lekin xizmatlar rivojiga katta turtki beradigan tumanlararo yoʻllar masalasi ochiq qolmoqda.

Shu munosabat bilan hokimliklar oldiga 50 ta tumanlararo yoʻl infratuzilmasini yaxshilash vazifasi qoʻyildi.