Hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi

    2025-yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi.

    Loyihada keltirilishicha, hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar qurish va rekonstruksiya qilish ishlari rejalashtirilmoqda.

    Shuningdek, hududlarda jamoat transportining 50 ta yangi yoʻnalishlar tarmogʻini tashkil etiladi.

    Hududlarda jamoat transportida elektron toʻlovlar jozibadorligini oshirish va elektron toʻlovlar ulushini oʻrtacha 30 foizga yetkazishi (hozir 15 foiz) koʻzda tutilmoqda.

    Hududlarda jamoat transporti uchun yangi zamonaviy jami 700 ta avtobus xarid qilinadi.

    Hududlarda 743 ta oraliq bekatlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini tashkillashtiriladi.

    Avtobuslar harakatiga ustuvorlik berish maqsadida hududlarda jamoat transporti uchun alohida avtobus yoʻlaklarini 150 km.ga yetkaziladi.