Hududlarda adras to'qish yo'lga qo'yilmoqda

    Bu haqda Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi ma'lumot bermoqda.

    Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi va viloyat "Hunarmand" uyushmasi tashabbusi bilan aholiga adras matosi to'qishga bepul o'rgatish bo'yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlarga aholi tomonidan katta qiziqish bildirilmoqda.

    Bu haqda Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi yozmoqda.

    Bugungi kunda hududlardagi band bo'lmagan aholi, ayniqsa yoshlar, ishsiz ayollar va kam ta'minlangan oilalar vakillariga adras to'qishning sir asrorlari bepul o'rgatilmoqda.

    Xususan, shu kunlarda Bo'ka tumanida yashovchi 14 nafar "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlarga adras to'qish bo'yicha master-klass va mahorat darslari o'tilmoqda.

    "Milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, tadbirkorlikni ko'llab-quvvatlash, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va an'analarini keng targ'ib qilish borasida ishlar tizimli davom etadi”, deyiladi xabarda.