Inson matonati, irodasi har qanday cheklovlarni yengib oʻtishi koʻp bora isbotlangan. “Besh tashabbus paralimpiadasi” ham jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning matonatini oʻziga xos qirralarini namoyon etguvchi muhim tadbir.
Musobaqada nogironligi bor shaxslar ishtirok etib, sportning 12 turi boʻyicha oʻz imkoniyatlarini namoyon etdilar.
Shijoat va matonat bellashuvlarida eng yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun: har bir yoʻnalishdan 1 nafar ayol va 1 nafar erkak ishtirokchilar viloyat bosqichida ishtirok etib, tumanlari shaʼnini himoya qiladilar.