Shuningdek, Chilonzor tumanining “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yer ostidan o‘tgan elektr uzatish kabel tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi.
Sergeli tumani hududida joylashgan 3872- va 3738-sonli transformator punktlarida yuzaga kelgan nosozlik zahira transformator punktiga almashtirildi. Shu tumanning “Sadoqat” mahallasi hududida joylashgan transformator punktida nosoz transformator o‘rniga yangi quvvati 630 kVA bo‘lgan yuqori kuchlanishli zaxira transformator punkti o‘rnatildi.
Andijon shahridagi 1-2 va 4-kichik dahada elektr ta’minoti uzilishiga sabab bo‘lgan nosozlik to‘g‘rilandi.
Andijon shahrida joylashgan “Sog‘lom avlod”, “Yoyilma”, “O‘zbekiston 20 yilligi”, “O‘rikzor” MFYlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yer osti kabel tarmog‘ida favqulodda sodir bo‘lgan nosozlik tuzatildi.
O‘zbekiston tumani “Qatag‘on” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlik tezkor chiqish brigadalari tomonidan bartaraf etildi.
Urganch tumanidagi podstansiyada yuzaga kelgan nosozlikka tezkor chiqish brigadalari tomonidan barham berildi.
Barcha tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalarida tungi vaqtlarda ham, kun davomida ham maxsus brigadalar doimiy ravishda ta’mirlash va sozlash ishlarini amalga oshirmoqda.