Hududlarda jamoat transporti harakat tarkibi yangilanmoqda

    2024-yil 26-mart holatiga hududlarda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash maqsadida jami 64 ta avtobus hamda 164 dona mikroavtobus xarid qilindi.

    Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

    Avtobuslar Xitoyning CRRC, Higer, Guangtong, Azia Star ishlab chiqaruvchilaridan yetkazib berilgan.

    Ushbu davrda eng koʻp avtobus (32 dona) Qashqadaryo viloyatida, eng koʻp mikroavtobus esa (75 dona) Fargʻona viloyatida sotib olingan.

    Maʼlum qilinishicha, hududlarda aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida joriy yilda jami 1200 dona avtobus xarid qilish belgilangan.