Kelgusi yilda bu xarajatlar 25 foizga oshirilib, 2,1 trillion soʻmga yetkaziladi.

Bundan tashqari, poytaxtda tadbirkorlar soni kundan-kunga oshib borayotganini inobatga olib, elektr tarmoqlarini yaxshilash uchun yana 2 trillion soʻm beriladi.

Iqtisodiyot barqaror oʻsgani sari yangi infratuzilmaga talab ortib boraveradi.

Korxonasiga tashqi infratuzilmani oʻz hisobidan qilayotgan tadbirkorlar koʻpaymoqda. Endi ularning bu xarajati foyda soligʻi bazasidan chegirib tashlanadi.