Shu bois, hududlardan tanlab olingan eng sara yoshlar bu maktablarda individual reja asosida maqsadli tayyorlanadi.
Viloyat hokimlari oldiga ushbu 56 ta sport maktabini yotoqxona va zarur sport jihozlari bilan toʻliq taʼminlash vazifasi qoʻyildi.
Sport vazirligiga bu maktablar uchun ilgʻor xorijiy tajriba va chuqur ilmga asoslangan metodika yaratish topshirildi.