Bugun O‘zbekiston bo‘ylab havo ochiq va issiq bo‘lishi kutilmoqda, faqat kunning ikkinchi yarmida ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi 35-38° bo‘ladi.
Ertadan boshlab janubdan Turkmaniston orqali juda issiq havo oqimlarini chiqishni boshlanadi. O‘zbekiston hududida kundan-kunga issiq kuchayib, payshanba kuni 38-39° atrofida, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida 40-42° gacha bo‘ladi, bu ushbu davr uchun me’yordan 5-6° yuqoridir.
Juma kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan kuchsiz havo oqimlarini kirib kelishi kutilmoqda. Hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu kuni havo harorati 32-37° bo‘ladi.
7-9 iyun kunlari shimoliy va cho‘l hududlarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, 10 iyunda respublika bo‘ylab ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.