Uning gaplariga qaraganda, 7 iyun` kuni taxminan soat 23.15 da u «Neksiya-3» avtomobiliga mingan. Yo'lda qiz haydovchidan kafe yonidan to'xtashni iltimos qilgan va buyurtmani olish uchun mashinadan tushib, sumkasini salonda qoldirgan.
Qaytib kelganida mashina joyida yo'q edi. Toshkent shahar IIBB xodimlari qisqa vaqt ichida haydovchining shaxsini aniqlashdi – u muqaddam sudlangan 23 yoshli Javohir S. edi. Tez orada u qo'lga olindi. Yigit vaziyatdan foydalanib, qizni qaytib kelishini kutmasdan ketib qolganini tan oldi. Sumkada esa 100 000 so'm pul va umumiy narxi 4 500 000 bo'lgan uchta mobil` telefon bo'lgan. Mazkur holat asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O'g'rilik») bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi.
Toshkent shahar IIBB
Axborot xizmati