Akademik litseylariga saralash imtihonlari noma'lum muddatlarga qoldirildi

    Ta'lim 13 Iyul 2020 1788

    Bu haqda Toshkent shahar Xalq ta'limi Bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

    Xabarda ta'kidlanishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 212-sonli “Akademik litseylarga umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarini tanlab olish, o'qishga qabul qilish, ularning o'qishini ko'chirish va o'qishdan chetlatish tartibi to'g'risida”gi Nizomga muvofiq akademik litseylarda saralash imtihonlari har yili 10-iyuldan 25-iyulga qadar o'tkazilishi belgilangan.

    Ammo Maxsus komissiya qaroriga muvofiq karantin talablarining kuchaytirilishi munosabati bilan akademik litseylarda saralash imtihonlari noma'lum muddatlarga qoldirilganligini ma'lum qilamiz!