Hujjatlarda koʻrsatilmagan 25 kg zargarlik buyumlari toʻxtatib qolindi

    Xavfsizlik 21 Sentabr 2020 1046

    Navoiy xalqaro aeroportiga “Istanbul-Navoiy” yoʻnalishidagi yuk aviareysi orqali yuborilgan kuryerlik joʻnatmalari belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

    Koʻrik natijasida kuryerlik tashkiloti tomonidan taqdim etilgan elektron va qogʻoz shaklidagi yuk hujjatlarida koʻrsatilmasdan bojxona nazoratidan yashirilgan, jami 25 kg, umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 100 mln soʻmga teng boʻlgan “Ligatura” zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

    P.S. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3873 sonli qarori talablariga muvofiq, kuryerlik joʻnatmalariga tegishli elektron va qogʻoz koʻrinishidagi hujjatlarda joʻnatmalarda mavjud barcha tovarlar hamda yuboruvchi va qabul qiluvchi shaxslar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot aks ettirilishi lozim.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.