Bojxona organlari tomonidan hujjatlarda qayd etilmagan tovar-moddiy boyliklarning mamlakatimiz hududiga noqonuniy tarzda kirib kelishini oldini olish borasida tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” TIF bojxona posti tomonidan bojxona postiga kirib kelgan “Oyoq kiyim ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo” tovarlari bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada,bojxona yuk deklaratsiyasi hamda yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan qiymati 549 million 795 ming soʻmlik 5 turdagi oyoq kiyim ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom-ashyolar borligi aniqlandi.