Hukumat 30 milliard dollarlik xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni taʼminlashi kerak

    Kelgusi besh yilda iqtisodiyotning xususiy sektordagi ulushini 85 foizga yetkazish ham asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.

    Bu borada 2 mingta korxonada davlat ulushini, 5 mingdan ziyod koʻchmas mulk obyektini sotish, 16 ta yirik majmua aksiyalarini IPOga chiqarish talab etiladi.

    Hukumat 30 milliard dollarlik xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni taʼminlashi kerak.

    Vazirlar Mahkamasi 2025-yilda “tejamkorlik va barqarorlik” tamoyili asosida davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni tezlashtirib, ularning xarajatlarini 15-20 foizga qisqartirishi zarur.

    Bu borada 1 milliard dollarlik 18 ta davlat kompaniyasining ulushi berilgan Milliy investitsiya jamgʻarmasi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish lozim.