Hukumat faoliyatining eng muhim yoʻnalishlarini belgilab berildi

    Avvalo, makroiqtisodiy muvozanatni saqlab, kelgusi besh yilda iqtisodiy oʻsish surʼatini 6-7 foiz atrofida taʼminlash zarur.

    Davlatimiz rahbari Hukumat faoliyatining eng muhim yoʻnalishlarini belgilab berdi.

    Avvalo, makroiqtisodiy muvozanatni saqlab, kelgusi besh yilda iqtisodiy oʻsish surʼatini 6-7 foiz atrofida taʼminlash zarur. Bunda inflyatsiya darajasi 5-6 foiz, byudjet taqchilligi 3 foiz doirasida boʻlishiga erishish, yillik kreditlash hajmini 30 milliard dollarga olib chiqish asosiy vazifa boʻladi.

    Ushbu davrda Hukumat kamida 100 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirishga hamda yillik eksport hajmini 45 milliard dollarga olib chiqib, unda tayyor mahsulotlar ulushini 50 foizga yetkazishga erishishi lozimligi taʼkidlandi.

    Xorijiy turistlar oqimini 5-yilda 15 million nafarga, turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga olib chiqish uchun barcha imkoniyatlar borligi koʻrsatib oʻtildi.

    Shu bilan birga norasmiy iqtisodiyotni “soyadan chiqarish”da raqamli texnologiyalarni tayanch vositaga aylantirish lozim. Xususan, kelgusi yilda naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada ragʻbatlantirib, onlayn toʻlovlar ulushini 60 foizga yetkazish muhim vazifa boʻladi.

    Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik doirasida asosiy chora-tadbirlar amalga oshirilgani va yaqin yillarda ushbu tashkilotga albatta aʼzo boʻlib kirishimiz taʼkidlandi.