Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi dastlabki tarzda koʻrib chiqildi.

Qonun loyihasi 9 ta bob, 55 ta moddadan iborat. Mazkur qonun loyihasida bir qator yangiliklar nazarda tutilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining maqomi, shakllantirish tartibi, asosiy vakolatlari toʻgʻrisidagi bir qator moddalarga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilyapti.

Shu bilan birga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqomi, ularni tashkil etish va tugatishning aniq, yagona tartibi belgilanmoqda.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan kelib chiqib, Hukumatning iqtisodiyot, byudjet, moliya, soliq, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi vakolatlari kengaytirilmoqda.

Qonun loyihasi ayni vaqtda masʼul qoʻmita tomonidan siyosiy partiyalar fraksiyalari yigʻilishlari kun tartibiga muhokamadan oʻtkazish uchun kiritishga tayyorlanmoqda.