“Humo” bugun “Aktobe”ga qarshi oʻynaydi

    Avval xabar berganimizdek, bugun xokkey boʻyicha Qozogʻiston ochiq chempionatida navbatdagi tur uchrashuvlari oʻtkaziladi.

    Tur doirasida Toshkentning “Humo” jamoasi liga yetakchilaridan biri – “Aktobe”ga qarshi muzga chiqadi.

    Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

    Maʼlumot uchun, “Aktobe” ayni paytda turnir jadvalida 2, “Humo” esa 8-oʻrinni egallab turibdi. Xokkeychilarimiz shu hafta boshida oʻtkazilgan bundan oldingi oʻyinda “Beybaris”ni 5:2 hisobida magʻlub etgan edi.