Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi matbuot xizmati xabariga qaraganda, Toshkentning “Humo” xokkey klubi joriy yilda Qozogʻiston Pro Ligasi ochiq chempionatida qatnashadi. Jamoa koronavirus pandemiyasi sababli ikki yil xalqaro musobaqalarda ishtirok etmadi.

Eslatib oʻtamiz, “Humo” 2019/20 yilgi Qozogʻiston chempionatida qatnashib, 10-oʻrinni egallagan.