Xotin-qizlar masalalari bo'yicha “Ayollar daftari”ni shakllantirish, ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo'llab-quvvatlashga, bilim va kasb o'rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo'lgan ishsiz xotin-qizlarni ishga kiritish orqali muammolarini hal etish bo'yicha joylarda, xususan Xorazm viloyatida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xorazmga tashrif davomida Urganch shahridagi ”Kamolot”, Urganch tumanidagi “Turkmanlar”, Xiva shahridagi “Sangar”, Xiva tumanidagi “Polasultan“, Xonqa tumanidagi “Barkamollik” mahallalarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib chiqdik. “Hunar o'rganishga ishtiyoqim boru, imkonim yo'q edi”, degan xotin-qizlarning ko'zlaridagi quvonchni ko'rib ko'nglimiz taskin topdi.

Mutasaddilar, mahalla fuqarolar yig'inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo'yicha o'rinbosarlari hamda jamoatchilikka xotin-qizlarning muammolarini o'rganish, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish juda muhimdir. “Ayollar daftari” bilan ishlash, “Ayollar maslahat markazlari” faoliyatini olib borish, muammosi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarning dardini eshitib, taklif va qiziqishlarini ro'yobga chiqarishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar haqida tavsiyalar berdik.

Gulnora MA'RUFOVA,

O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirining birinchi o'rinbosari